ISHLAB CHIQARISH MUNOSABATLARI
ISHLAB CHIQARISH MUNOSABATLARI — keng ma’noda ijtimoiy i.ch. jarayonida kishilar o’rtasida baja- radigan vazifalariga bog’liq holda shak- llanadigan munosabatlar (mulkdorlar, tadbirkorlar, boshqaruvchilar, xizmatchi- lar, yollanma xodimlar, dehqonlar va b.); tor ma’noda kishilar o’rtasida moddiy boyliklarni i.ch., ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonida yuzaga keladigan iktisodiy munosabatlar. I.ch.m. kishilar o’rtasidagi iktisodiy munosabatlarning barcha shakllarini qamrab oladi. Barcha i.ch., iktisodiy munosabatlar ichida i.ch. vositalariga bo’lgan munosabat, mulkchi- lik shakllari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ayrim iqtisodiy nazariyalar, mas, Mark- sistik siyosiy iqtisodda I.ch.m. mulkchi- lik munosabatlarini ifodalaydigan va ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi darajasi b-n belgilanadigan, jamiyatda siyosat, mafkura, din, axloq va b.larning bazasini tashkil qiladigan munosabat- lar tarzida talqin qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida i.ch. vositalari egalari b-n yollanib ishlov- chi xodimlar o’rtasidagi munosabatlar mehnat shartnomalari asosida shakllana- Di. I.ch.m.ning u yoki bu tarixiy konkret shakllari ishlab chikaruvchi kuchlarning taraqqiyot darajasi, ki-shining tabiat ustidan hukmronlik darajasi b-n bel- gilanadi. O’z navbatida, I .ch.m. ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyo-tiga ta’sir ko’rsatadi, uni tezlashtiradi yoki sekin- lashtiradi (q. Iqtisodiy tizim).