ISHLAB CHIQARISH OMILLARI

ISHLAB CHIQARISH OMILLARI — ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishda qatnashuvchi inson (ish kuchi), mehnat vositalari va mehnat sarflanadigan xomashyolar yig’indisi. Insonlar nimadir yordamida mehnat ashyosiga o’z ta sirlarini o’tkazsalar, shu narsalar mehnat vositalari (qurollari) hisoblanadi. Ular turli xil mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, turli qurilmalar va hokazolardan tashkil topadi. Ishlab chiqarish jarayonining ro’y berishi uchun ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari bilan mehnat jarayonida inson o’z ta’sirini o’tkazadigan tabiat narsalari (xomashyolar) mehnat omillarini ifodalaydi.