ISHLAB CHIQARISH TSIKLI

ISHLAB CHIQARISH TSIKLI – mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar) ning muayyan mahsulotni tayyorlashni boshlanishidan to tayyor mahsulot qilib chiqarishgacha ishlab chiqarish jarayonida bo’lishi davri, ishlab chiqarish vaqtining tarkibiy qismi. Mahsulot Ishlab chiqarish tsikli — ish davri (tayyor mahsulot olish uchun ketgan vaqt) va ishlab chiqarish jarayonidagi tanaffuslar (operatsiyalar orasidagi davr va smenalar o’rtasidagi vaqt)dan iborat. Ishlab chiqarish tsiklining asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichi uning muddati hisoblanadi; bu muddat ishlab chiqarish xarakteriga qarab, soat, kun, oy bilan o’lchanadi. Uning qisqarishi mahsulot ishlab chiqarishni, kapital aylanishini tezlashtiradi. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va ilgor texnologiyani joriy etish, Ishlab chiqarish tsiklini qisqartirishning muhim omillariga kiradi.