ISHLAB CHIQARISHNI MODERNIZATSIYALASH
ISHLAB CHIQARISHNI MODERNIZATSIYALASH — ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo’nalish va vositalari quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarib, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan almashtirish; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.