Ishoq Shayx masjidi

Ishoq Shayx masjidi — Namangandagi me’moriy yodgorlik. Ishoq Shayx mablag’iga, uning rahbarligida qurilgan (1912-14). Masjid to’g’ri to’rtburchak tarhli (24,0×25,6 metr), 5 ustunli xonaqoh (18,10×13,60 metr), 19 ustunli ayvon hamda Janubda biri gumbaz tomli, ikkinchisi tekis tomli kichik xonalardan iborat. Xonaqohning ichki devorlari har xil o’lchamdagi bo’laklarga bo’linib, ular orasi o’yma va qirma uslubidagi turli naqshlar bilan to’ldirilgan. Ishoq Shayx masjidi 19-20-asrlarga xos Farg’ona milliy me’morlik an’analarini o’zida aks ettirgan yodgorliklardan.