ISHTVAN I

ISHTVAN I (Jstvan) Avliyo (taxminan 970-1038) — Knyaz (997 yildan), Vengriya Qirolligining 1-qiroli (1000 yildan). Arpadlar sulolasidan. Mamlakatni qabilaviy bo’linishini tugatib, ma’muriy-hududiy okruglar — Qirollik komitatlari (ishpanlar boshchiligida) ni joriy etgan. 997 yilda Vengriya qirolligida xristianlikni joriy qilgan. 1030 yilda nemis mulkdorlarining bosqinini qaytargan. Ishtvan I saroy amaldorlari, jangda mardlik ko’rsatgan harbiy boshliqlar va cherkovga yerlarni bo’lib berib, bu bilan yirik yer egalarining sonini ko’paytirgan. 1083 yilda Ishtvan I cherkov tomonidan avliyolar qatoriga qo’shilgan.