ISIRIQ

ISIRIQ (Peganum) — isiriqdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simliklar turkumi. Bo’yi 60-70 santimetr. Poyasi bir nechta, sershox. Barglari kulrang yoki yashil. Gullari sarg’ishoq, shoxining uchida. Mevasi dumaloq ko’sakcha. 6 turi ma’lum. O’zbekistonda 1 turi (R. harmala) o’sadi. Cho’l va yarim cho’llarda, aholi yashaydigan erlarda, ekinlar orasida va tog’yon bag’irlarida uchraydi. Tarkibida alkaloidlar (Garmin, garmalin, peganin va boshqalar), yog’, bo’yoq va boshqa moddalar bor. Tabobatda qadimdan turli kasalliklar (tutqanoq, tomoq og’rig’i, zaxm)ni davolashda, siydik haydovchi, terlatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Urug’idan jun gazlama va shoyilar uchun bo’yoq olinadi. Badbo’y islarni yo’qotish, go’yo har xil ofatlarni qaytarish maqsadida ham Isiriqdan foydalaniladi.