ISIRIQ SOLISH

ISIRIQ SOLISH — odamlar va turli narsalarga go’yo ko’z tegishini va har xil ofatlarni qaytarish maqsadida isiriq o’simligining qurigan shox barglarini tutatish. Ilgari Isiriq solish irim qatoridagi odat bo’lgan. Isiriqhokandoz yoki sopol tovokda cho’g’ustiga qo’yib tutatiladi, uy ichi, odamlar, Isiriq solish mo’ljallangan narsalar tutun bilan dudlanadi. Badbo’y islarni yo’qotish uchun ham isirik solinadi. Ba’zi joylarda isiriqni isiriqdonga solib tutatib, bozordagi kishilarga Isiriq solish bilan ulardan haq oluvchi kishilar ham uchraydi (isiriqda ilohiy bir quvvat bor deb e’tiqod qilishgan, tabarruk o’simlik hisoblangan). Aslida esa isiriq tutunida har xil mikrob va viruslarni zararsizlantiradigan moddalar bor.