Iskandar ko’prik
Iskandar ko’prik — Qumqo’rg’on tumanida Termizni Chag’aniyon va Hisor bilan bog’lovchi qadimgi savdo yo’lida Bandixonsoy ustiga qurilgan. Iskandar ko’prikning qurilgan davri noma’lum. Abdullaxon davri (1557-98)da qayta qurilgan. G’isht ko’prik, tosh ko’prik va Iskandar Zulqarnayn ko’prigi deb nomlangan. Umumiy uzunligi 70 metr, o’tish qismining eni — 5,75 metr, balandligi — 12,1 metr, ravoq qanoti — 5,8 metr, pishiq g’isht (25x25x5; 26x28x4—4,5; 27x29x5 santimetr)dan qurilgan. Usti 3 qism (yo’lovchi, transport va suv o’tishi uchun Nov)dan iborat. Ravoqlari qirg’og’idagi tirgaklarga tayangan. Iskandar ko’prikning Sharq va G’arb tomonidagi tirgaklari buzilgan. Ravoq ustunlari (1950) va suv o’tkazish uchun Nov (1927) betondan ishlangan.