ISKANDAR MIRZO

ISKANDAR MIRZO — (1384- 1415.9.6, Sheroz) — Iroq va Fors hokimi (1412-14). Temuripyaaryaap. Amir Temur- ning nabirasi, Umarshayx Mirzoiiig o’g’li. Onasi — Milkat Og’o begim. 1399 y. bobosi safarga ketayotib, uni Farg’ona hokimi etib tayinlagan. Samarqand taxtida o’tirgan muvaqqat hukmdor Muhammad Sulton I. M.ni be-bosh, o’zboshimcha siyosatidan norozi bo’lib uni Samarqandga chaqirtirgan hamda I. M.ning Otabegi va 26 navkarini qatl et- tirib o’zini esa qamoqqa olgan. 1401 y. I. M. qamoqdan chiqarilib, unga kaltak jazosi berilgan. Sohibqiron 1403 y. I. M.ni Hamadon viloyatining hokimi etib tayinlagan. Amir Temur vafotidan so’ng I. M. akalari Pirmuhammad Mirzo va Rustam Mirzolar b-n Fors, Huziston, Kermon, qum viloyatlarida o’zaro nizola- shib kurash olib borgan. Pirmuhammad Mirzo 1410 y. xiyonatkorona o’ldirilgach, I. M. akasining vorisi sifatida Sheroz taxtini egallaydi. I. M. Kermon (1411), Qum (1412) ni egallab, Iroq va Fors hukmdoriga aylanadi. U Isfahonni o’ziga poytaxt qiladi, o’z nomidan pul zarb ettirib, xutbani Shohrux nomiga emas, o’z nomiga o’qitadi, Huroson Xu- dudida bosqinlar uyushtiradi. Shohrux qo’shini b-n bo’lgan jangda I. M. engi- ladi, Isfahon sh. egallanadi (1414 y. 20 iyul). Shohrux I. M.ni va unga tobe erlarni Rustam Mirzoga topshiradi. Rustam Mirzo I. M.ning ko’zlariga mil tortib ko’r qiladi va maxsus nazoratda saqlaydi. Biroq, Shohrux bundan xabar topib I. M.ni ukasi Boyqaro Mirzo huzuriga jo’natadi. I. M. ukasini sal- tanatga qarshi kurashga gijgijlaydi. Boyqaro Mirzo akasi so’ziga kirib she — rozga qo’shin tortadi. Rustam Mirzo I. M.ni qo’lga olib yana hibsda saqlay bosh- laydi; 1415 y. 9 iyunda Boyqaro Mirzo- ni Sherozga kirganidan xabar topgach, I. M.ni qatl ettiradi.