Iskandar shahar posyolkasi haqida eshitganmisiz?
Iskandar shahar posyolkasi haqida eshitganmisiz? – Toshkent oblastining Bo’stonliq rayonidagi shahar posyolkasi. Iskandar so’zi O’rta Osiyo toponimlarida juda ko’p uchraydi. Ko’pincha bu nom Iskandar Zulqarnayn, ya’ni Aleksandr Makedonskiy nomi bilan bog’lanadi. Ammo hamma toponimlar ham uning nomi bilan aloqador emas. S. Qorayev Iskandar (baland, yuqori) so’zi so’g’d tilida mavjudligini aytadi va Iskandarko’l toponimini “yuqori ko’l” deb izohlaydi. Shunday ekan, mazkur toponimni ham “yuroqi qishloq” deb izohlash mumkin.



