Iskandarov G’oyibnazar Matmurodovich

Iskandarov G’oyibnazar Matmurodovich (1934.20.11, Toshhovuz — 1994.20.12, Toshkent) — aktyor, rejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1981). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik (1957) va rejissyorlik (1983) fakultetlarini tugatgan. Hamza teatrida aktyor (1954— 61), O’zbekiston televideniesida aktyor va rejissyor (1961-77), Jizzax teatrining bosh rejissyor (1977-81), Jizzax filarmoniyasining direktori (1981 -87), O’zbekiston radiosida rejissyor (1988-94). Asosiy rollari: Mo’min Mirzo («Alisher Navoiy»), Omon («yangi yer»), Nizom («Hurriyat») va boshqalar. Rejissyorlik qilgan asarlari: «Jamila» (Ch. Aytmatov), «shishali yurak» (L. Ustinov), «bevafo yakan» (A. Jamol, G’. Iskandarov) kabi telespektakllar; «zo’raki tabib» (Moler), «Oygul bilan Baxtiyor» (H. Olimjon), «Kelinlar qo’zg’oloni» (S. Ahmad) va boshqa spektakllar.