Iskandarov Mirzag’ani

Iskandarov Mirzag’ani (1925.6.11, Zadaryo tumani — 1995.15.9, Toshkent) — tarixchi olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1989), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1976). Tarix fanlari Doktori (1973), professor (1981). Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini (1954) tugatgan. O’zbekiston K.P MK targ’ibot va tashviqot bo’limi mudiri (1974-79), Toshkent Oliy partiya maktabi direktori (1980-91). Asarlari o’tgan asr 70-80-yillari madaniyati, ziyolilar va ularning iqtisodiyot, madaniyat, fan va texnika sohalaridagi faoliyatlariga oid.