ISLAND TILI

ISLAND TILI — Xind-Yevropa tillari oilasining german tillari guruhiga mansub g’arbiy skandinav tillaridan biri. Islandiyaning davlat tili. Island tilida umuman 270 mingdan ortiq kishi so’zlashadi (1992). Bu til vakillari Islandiyada, bir qismi Kanada va AQShda istiqomat qiladi. Island tili deyarli shevalarga ega emas. 12-13-asrlarda Island tili fonologik tizimida qisqa va cho’ziq diftonglar (ikki unli tovush birikmasi), portlovchi, jarangsiz undoshlar paydo bo’lgan. Urg’u so’zlarning birinchi bo’g’iniga tushadi. Island tilida boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar kam. 11-asr oxiri va 12-asr boshlaridan lotin alifbosi asosidagi yozuvda.