Islom mazhabchiligi
Islom mazhabchiligi-islom dinidagi turli oqim va firqalarning umumiy nomi. Islom mazhabchiligi Qur’on va hadisni turlicha talqin qilish, islom tarixida g’oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va diniy hayotning boshqa sohalarida yuz bergan ixtiloflar natijasida vujudga kelgan. Tor ma’noda shariatga xos huquq yo’nalishlarini anglatsa, keng ma’noda dindagi ajralgan barcha guruhlarni ifodalaydi. Islomdagi asosiy yo’nalishlar: sunniylik, shialik, xorijiylar. Bulardan sunniylik va shialik hozir mavjud, lekin xorijiylar yo’nalishi o’rta asrlardayoq ko’p firqalarga ajralib, keyinchalik yo’qolib ketgan, undan faqat bitta-ibodiylar (abodiylar) firqasi saqlanib qolgan.