ISLOM OLAMI UYUSHMASI

ISLOM OLAMI UYUSHMASI — xalqaro Islom tashkiloti. Ruxrniylar- ning 1962 y. may oyida Makkada bo’lib o’tgan konferentsiyasida asos solingan. Qarorgohi Makka sh.da. Oliy rahbar organi ta’sis kengashi bo’lib, unga tur- li mamlakatdan 60 nafar diniy arbob kiradi. Uyushma qarorlari tavsiya xa- rakteriga ega, Majlisi yiliga 1 marta chaqiriladi. Ta’sis kengash ishini Bosh kotibiyat muvofiklashtirib, boshqarib turadi. Uyushmaning Saudiya ara-bisto- nining 3 ta shahri — Ar-Riyod, Madi- na va Jiddada bo’limlari mavjud, yana 13 ta vakolatxonasi bo’lib, ular Ummon (Iordaniya), Jakarta (Indoneziya), KUA- lalumpur (Malayziya), Nuaktosh (Mavri- Taniya), Dakar (Senegal), Parij (Fran- tsiya), Nyu-York (AQSh) va b. bir necha xorijiy mamlakatlar poytaxtlarida joylashgan. Bundan tashqari, I. o. u.ning barcha musulmon mamlakatlarida vakil- lari bor. Uyushma BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi hamda YUNESKO huzurida maslaqat berish huquqini ol- gan. I.o.u. BMTning bolalar fondiga badal o’tkazib turadi. I.o.u. nizomiga muvofiq uning bosh maqsadi — Islom ta’limotini dunyoda hukmron ta’li- motga aylantirish va Islom aqidalariga asoslangan tuzum o’rnatish. Musulmon- lar birligini ta’minlash, yoshlar masa- lasi b-n shug’ullanish ham uning oldiga qo’ygan vazifalaridan hisoblanadi. I. o. u. masjidlar va ularning Imom-xatibla- riga alohida e’tibor beradi hamda ular orqali keng ko’lamda tashviqot ishlarini olib borishga yordam qiladi.