Islom shoir nazar o’g’li

Islom shoir nazar o’g’li (1874 Narpay tumani — 1953.17.7) — o’zbek baxshisi. O’zbekiston xalq shoiri (1940). Narpay dostonchilik maktabi vakili. Ernazar shoirning shogirdi. Bobosi ra — jab shoirdan do’mbira chertishni, terma va Doston kuylashni o’rgangan. 22 yoshida dostonchi sifatida tanilgan, 30 ga yaqin xalq dostonlarini, ko’pgina xalq qo’shiq va ertaklarini yod bilgan. O’zbekiston shahar va qishloqlarini kezib, «Alpo- mish», «Kuntug’mish», «Go’ro’g’li», «or- zigul», «Ravshanxon», «Gulixiromon», «Yakka Ahmad» dostonlarini, maxtum- kuli, Berdaq, Mashrab va b.ning she’- rlarini kuylagan. I. sh. repertuaridagi ayrim dostonlarda o’zbek xalq eposi- ning ijtimoiy adolatsizlik va unga qarshi kurash g’oyasi («Orzigul», «Zul- fizar b-n Avazxon» va b.), xalqchillik mavzui («Kuntug’mish va «Sohibqiron») o’z ifodasini topgan. «Bo’l omon», «Mehribonlar, Hormangiz» va b. terma- larida mehnat kishisiningtur-mushi tarannum qilingan. 2-jahon urushi yil- larida chop etilgan «Jangno-ma» (1941), «Qahramonnoma» (1942) to’plamlarida o’zbek jangchilarining mardlik va ja- soratligi ulug’langan. I. sh.ning urush- dan keyingi yillar ijo-dida ijodiy mehnat («obodlik uchun», «tinchlik bo’lur barqaror»), tinchlik uchun kurash («Tinchlik jarchisi», No-zim hikmatga bag’ishlangan) mavzulari muhim o’rin egallaydi. I.sh. asarla-‘ ri badiiy mu- kammalligi, zamonaviyligi, tilining xalq iboralari, ma-qollar, hikmatli so’zlarga boyligi b-n ajralib tura- Di. Undan «Orzigul», «Gulixiromon», «Sohibqiron», «Erali va Sherali», «Kuntug’mish», «Tohir va Zuhra» kabi dostonlar va bir qancha termalar yozib olib, nashr etilgan. Ay-rimlari qardosh xalqlar tillariga tarjima qilingan. Narpay tumanida kucha va maktabga I.sh. nomi berilgan. 1975 y.da shoir tavallu- dining 100 yilligi nishonlandi. As: tanlangan asarlar, T., 1953. Ad.: Sobirov O., Islom shoir nazar o’g’li (hayoti va ijodi), T., 1967.