Islomov Saidazim

Islomov Saidazim (1860-tosh- kent—1955) — xalqustasi, ganch va yog’och o’ymakori; oilaviy ustalar sulolasi asoschisi (o’g’li usta Akbar Azimov, na- birasi usta Saidmalik Azimov; evarasi Shuhrat Azimov «musavvir» ustaxonasi- da o’yma bezakli badiiy buyumlar tayyor- lovchi usta). I. ish faoliyatini milliy an’anaviy uslubda binolar qurish b-n boshlagan. Binoning sinch qurilishidan boshlab, pardozlab tugallanishigacha bo’lgan ish jarayonini pux-ta egalla- gan. Binolarni ganch va yog’och o’ymakori bezaklar (sharafa, ustun, eshik va b.) b-n bezagan: Navoiy teatri binosi va b. kurilishlarda va ularni bezatishda qatnashgan; ustalar (usta Shirin Muro- dov va b.)ga ganch o’ymakorligida sharafa- lar tayyorlash uchun krliplar tayyorlagan. Muzeylar (O’zbekiston san’at muzeyi, Sankt-Peter-burgdagi Ermitaj va b.) da I. tayyorlab bezagan badiiy buyumlar (ustun, tama-Kidon, kursi, sandiq va b.) saqlanadi.