Ism, ot

Ism, ot — bolaning tug’ilganligi qayd etilayotganda unga beriladigan nom. I. shaxslarni oila, avlod, mahal- la, jamoa doirasida ajratishga imkon beradi. Odatda, chaqaloqqa I.ni ota- onasi, qarindosh-urug’, oiladagi kek- sa kishilar tanlaydilar. Qanday I. qo’yilishi estetik va etik tamoiillar, I. tanlovchilarning orzu-istaklari, tasavvur va dunyokarashlari, milliy Xu-susiyat va b. bilan bog’langandir. I. qo’yishda dinning ta’siri, ayniqsa, kuch- li bo’ldi. Xristianlik vujudga kelib, monoteistik dinga aylanganidan keyin Bibliyaaagi payg’ambarlarning I.lari jahondagi ko’pgina xalqlarda ommaviy I.lar bo’lib qoldi. Islom dinining tarqalishi Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o’zbeklarda bu din tushunchala- ri b-n bog’liq I.larning ko’payishiga olib keldi. Xalqimiz Qur’oni karimda tilga olingan Allohning go’zal ismla- rini (q. al-Asmo alhusno), Muhammad (sav)ning nomlarini o’z farzandlariga qo’yishni rasm qildi. Xullas, har bir I. muayyan sabab b-n paydo bo’lib, o’zining tarixi, geografik tarqalishi, hududi va maz-munigaega. Qadimqadimdan I. qo’yishning turli rasm-rusm, udumla- ri saqlanib qolgan, chunki bolaning sog’bo’lishi, yashab ketishi, kelgusi baxti unga qo’yiladigan I. b-n bog’liq bo’ladi, deb hisoblangan. Kishiga muvaffaqiyatli tanlangan I. uning taqdiri, hayotiga katta ta’sir ko’rsatadi, I. odamning ruhiyatini o’zida mu-jassam qiladi, kishi o’z I.iga o’xshay-Di, deb ishonishgan. Musulmon oilalarida bola- ga I. qo’yish b-n bog’liq alohida marosim o’tkazib kelinadi (q. Aqika). I.ga e’tibor chaqaloqqa I. tanlash- dan va uni tug’ilganlik to’g’risida gu- vohnoma (metrika)ga yozishdan boshlana- Di. Mualliflik huquqiaa, oila huquqida merosxo’rni belgilash va sh. k.dagi bir qancha huquqiy munosabatlar I. b-n bog’langandir. O’zbekiston Respublika- sining OK bolaning I. olish huquqini belgilaydi (69-modda). Bu huquq bola- ning shaxsiy huquqi doirasiga kiradi. Amaldagi qonunlarga binoan, bolaga I. ota-onaning keli-shuviga binoan qo’yiladi, fuqarolik holati dalolatno- malarini qayd etish organlari buni XI- sobga olishga maj-bur. Bolaga I. qo’yishda ota-ona o’rtasida kelishuv bo’lmasa, maz- kur nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan bola, shuningdek, uning ota- onasi manfaatlarini e’tiborga olib hal etiladi. Bola I.ini o’zgartirish tartibi Okda belgilab berilgan (70-mod-da). Unga ko’ra, fuqarolik holati dalolatno- malarini qayd etish organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan, bola 16 yoshga to’lguncha bola manfaatlarini e’- tiborga olib, uning I.ini o’zgartirishga hakli. 10 yoshga to’lgan bolaning I.ini o’zgartirishga faqat uning roziligi b-n yo’l qo’yiladi. Tilshunoslikda kishilar I.larini o’rganadigan alohida soha antroponimi — ka deb ataladi. I.ni til fakti sifatida onomastika o’rganadi. Ad.: Begmatov E., O’zbek ismlari ma’- nosi, T., 1998; G’afurov O., Asmaulhusna yoxud tabarruk ismlar, 1-2-qism, T., 1998. Ernst Begmatov.