Ismaloq
Ismaloq (Spinacia) — sho’radoshlar (sho’ragullilar oilasi)ga mansub bir yoki ikki yillik o’simliklar turku-mi, sabzavot ekini. I. ikki jin- sli (aksariyat, ikki uyli), sovuqqa chidamli, tez etiladigan o’simlik. AQSh, Kanada, Evrosiyoda, jumladan, O’zbekistonda poliz I. (S. oleracea L.) turi sabzavot sifatida o’stiriladi. Da- laga erta bahorda ekiladi. Urug’i 3-4 kunda ko’karib chiqadi. Unib chiqqanidan keyin 30-45 kunda barglari iste’mol- ga tayyor bo’ladi (ovqatga ishlatiladi). Hosildorligi 150-300 ts/ga. Cho’chqati- Kan (S. turkestanica Iljin) turi ekinzorlar- da va tog’yon bag’irlaridagi o’tloqlarda begona o’t tarzida uchraydi. Bo’yi 60 sm, barglari patsimon qirqilgan, po- yaning pastki qismidagilari bandli, qolganlari bandsiz, ketma-ket joylash- gan. Mevasi — tikanli to’pme-va. I. unib chiqqanidan keyin 30-40 kunda maysa- si, 90-100 kunda urug’i etiladi. 8-9° sovuqqa chidamli. Tarki-bida karotin, vitamin V, V2, S, organik kislotalar bo’lib, xalq tabobatida siydik haydovchi dori sifatida hamda kamqonlik, raxit kasalliklariga qo’llaniladi. Bargidan gidrolizlab olingan maxsus oqsil modda me-disinada me’da osti bezi faoliyati- ni kuchaytiruvchi vosita sifatida ishla- tiladi, barglari bahorda, vitaminlarga boy bo’lib, undan somsa va b. taomlar tayyorlanadi.