Ismoil Eshonbobo majmuasi
Ismoil Eshonbobo majmuasi — Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi me’moriy yodgorlik. Namozgoh — masjid va maqbaraning umumiy tarhi 28×17 metr, atrofi devor bilan o’ralgan, hovlili. Masjid gumbazli xonaqoh (7,4×7,4 metr) va shimolga qaratib qurilgan 3 gumbazli ayvondan iborat. Ruparasidagi maqbara bir xonali, peshtoq gumbazli. Majmua bezaksiz, qishloq me’morligiga xos. 1920 yilda qayta qurilgan.