ISNOD

ISNOD — 1) uyatga yoki ta’naga qoldiradigan, nomiga dog’tushiradigan ish, nomus; 2) Islomda har bir hadisning tarkibiy qismi. Hadisning boshlanishida uni birinchi bo’lib aytgan va eshitgan kishidan boshlab, hadislarni to’plovchiga qadar barcha shaxslarning ismlari birma- bir ko’rsatib chiqiladi va bu hadisning asosi, dalili qisoblanadi. Hadisning haqiqiy yoki soxta ekanligini ulamolar shu ismlarni taqqoslash yo’li bilan tekshirganlar. Hadisni naql qiluvchi kishilarning yashagan yillari va ijobiy sifatlari shartga to’g’ri kelsa, Isnod to’g’ri, demak, hadis ham to’g’ri deb hisoblangan.