Ispaniya merosi
Ispaniya merosi-Ispaniya taxti va uning mulklariga egalik qilish hamda Yevropada siyosiy ustunlikka erishish maqsadida olib borilgan urush (1701-1714). Ispaniyaning so’nggi gabsburgi (hukmdori) Karl II ning vafoti (1700)dan so’ng boshlangan. Fransiya Karl II ning vorisi yo’qligini bahona qilib Ispaniya taxtiga Lyudovik XIV ning nabirasi Filipp Burbonni o’tqazdi. Shunda Buyuk Britaniya, Gollandiya, Avstriya, Prussiya va boshqa davlatlar o’zaro uyushib, mazkur fransuz-ispan ittifoqiga qarshi chiqdi. Ikki o’rtadagi urush Utrext (1713) va Rashtat (1714) sulh shartnomalari bilan yakunlanib, natijada Ispaniya Yevropa va Shimoliy Amerikadagi bir qancha mulkidan mahrum bo’ldi.