ISSEDONLAR

ISSEDONLAR — qadimda O’rta Osiyoning shimolda yashagan qabilalar (miloddan avvalgi 1-mingyillik o’rtalari). Gerodot Issedonlar massagetlar va Ural tog’i yon bag’irlarida yashagan turkiy qavm — argippoylarga qo’shni bo’lgan deb hisoblaydi. Issedonlar G’arbiy Sibir, ob va Irtish daryolari havzalari, g’arbda Iset daryosi (Sverdlovsk viloyati), O’rta Osiyoning shimoldagi hudud (hozirgi Qozog’iston)da ko’chmanchilik qilganlar.