Issiq buloq

Issiq buloq — suv harorati yuqori bo`lgan buloq. Issiq buloqlar ikki xil bo`ladi: nisbiy issiq buloqlar, ularda suv harorati shu joydagi havoning o`rtacha yillik haroratidan yuqori bo`ladi; mutlaq issiq buloqlar, ular suvi harorati 37° dan yuqori, ya’ni yer yuzidagi maksimal o`rtacha haroratidan yuqori bo`ladi. Issiq buloqlarning ko`pi minerallashgan suvlidir va shifobaxsh xususiyatga ega.