Issiq suv bilan ta’minlash
Issiq suv bilan ta’minlash — turar joy, kommunal xo’jalik va sanoat korxonalarini maishiy va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun issiq suv bilan ta’minlash hamda ularni tayyorlash va ta’minlash jihozlari va qurilmalari majmui. Issiklik manbalari, suv tayyorlash apparatlari, suv isitkichlar, suv keltiruvchi quvurlar, suv temperaturasini nazorat qiladigan va rostlaydigan qurilmalardan tashkil topadi. Markazlashtirilgan va mahalliy xillarga bo’linadi.