ISSIQLIK TEXNIKASI

ISSIQLIK TEXNIKASI — issiq lik olish, taqsimlash, tashish, undan xo’jalik va ro’zg’orning tur- li tarmoqlarida foydalanish b-n shug’ullanadigan texnika tarmog’i; yoqilg’ining kimyoviy energiyasini issi- klik, mexanik, elektr energiyasiga ay- lantirishning asosiy qonuniyatlarini, shuningdek, energetika qurilmalarida ishlatiladigan ish jismlarining xos- salarini, I. t. qurilmalarining ishlash tarzini va ularni qurishni o’rganish b-n shug’ullanadigan fan. Termodinamika, issiklik uzatish, yonish nazariyalari I. t. ning nazariy asoslari hisoblanadi. I. t. da tabiiy organik yoqilg’i asosiy issiklik manbai bo’lib xizmat qiladi. Bulardan tashqari, yadro yoqilg’isi, quyosh energiyasidan (q. Geliotexnika, Gelio- kurilma ham foydalaniladi. Shuning- dek, ikkilamchi issiklik resurslaridan (mas, metallurgiya pechlarining gazlari- dan), elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantirish natijasida hosil bo’ladigan issiqlikdan (q. Joul-Lents qonuni) foydalaniladi. Issiklikdan foydalanish usuli bo’yicha I. t. ning asosiy yo’nalishlari — issiklikdan foydalanish va issiklik energetikasi- ga bo’linadi. Issiqlikdan foydalanish da issiqlik boshqa turdagi energiyaga aylantirilmay iste’mol qilinadi; me- tallurgiya, kimyo, oziq-ovqat sanoatla- rida, neftni qayta ishlashda va ishi issiklikni keltirish hamda olib ke- tishga, jismlar orasida issiklik Alma- shinishiga asoslangan apparatlar, ma- shinalar va qurilmalar qo’llaniladigan xo’jalikning boshqa tarmoklarda katta ahami-yatga ega. Issiqlik energetikasi issiqlikni mexanik energiyaga (issiqlik dvigatelya apuna), elektr energiyasiga (magnitogidrodinamik generatorlar, termoelektr generatorlarda) aylanti- rish b-n, shuningdek, hosil qilingan mexanik energiyani boshka turdagi ener- giyaga aylantirish b-n bog’liq. Issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylanti- radigan qurilmalar b-n birga ishlatila- digan issikdik-kuch kurilmalari st-yalar deb ataladi (mas, kompressor st-yasi, na- SOS st-yasi, elektr st-ya va b.). Issiklik- dan texnologik va maishiy maq-sadlarda foydalanish turli isitish, issiklik b-n ta’minlash tizimlari yordamida amalga oshiriladi. I. t. da sun’iy sovuq hosil qilish texnikasi ham muhim o’rin tutadi (q. Sovitish texnikasi).