ISSIT
ISSIT (Uraldagi Iset daryosi nomidan) — tomirli magmatik tog’ jinsi, dunit jinslarida uchraydi. Tarkibida rogovaya obmanka (89%), avgit (6%), rudali minerallar (5%), ba’zan plagioklaz uchraydi. Issit O’zbekistonning Sulton Uvays tog’i, Markaziy qizilqum, Janubiy Farg’onadagi o’ta asosli jinslarda uchraydi. Rudali konlar uchun Issit darakchi hisoblanadi.