ISTEBLISHMENT
ISTEBLISHMENT (ing. establishment – asoslamoq, mustahkamlamoq) — ijtimoiy-siyosiy sohada kishilarning imtiyozli tor doirasi. Bu boy saralangan elita bo’lib, iqtisodiyotni rivojlantirishga, davlat mafkurasi va siyosatini shakllantirishga hal qiluvchi ta‘sir o’tkazadi. Isteblishmentni tashkil qiluvchi kishilar, odatda, faoliyatning hal etuvchi sohalarida rahbar lavozimlarni egallaydilar, bu o’rinlarga boshqa kishilarning ko’tarilishini cheklab qo’yishga intiladilar, faxrli unvonlarga ega bo’ladilar.