Iste’mol savati
Iste’mol savati – muayyan vaqt (oy, yil) da iste’mol etiladigan mahsulotlar turi va to’plamining oila yoki jon boshiga hisoblangan miqdori. Kishi yoki oila oylik (yillik) hisobiy tovarlar (xizmatlar) iste’molining tipik darajasi va tuzilmasini tavsif- laydi. Moddiy o’lcham va pul shaklida hisoblanadi. Bunday to’plam amaldagi narxlarga ko’ra I. s. dan kelib chiqib mi- nimal iste’mol byudjeta (tirikchilik minimumi)ni hisoblab chiqishga xizmat qiladi. I. s. foydalanish maqsadiga ko’ra, oziq-ovqat mahso’lotlari (mas, go’sht va go’sht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari, un, guruch, non va yorma, shakar, o’simlik moyi, meva-sabzavot va b. mahsulotlar), nooziq-ovqat tovarlari (kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, mebel, uy jihozlari, xo’jalik buyumlari, mada- niy tovarlar va b.) va madaniy-maishiy xizmatlar, shu jumladan, pulli ijtimo- iy xizmatlar (maishiy texnikalar tizi- mi, kir yuvdirish, kimyoviy tozalash, to- moshalar ko’rish, pulli davolanish, pul- li o’qish va b.) ga ajraladi. I. s. ga kiritiladigan mahsulotlar avval mikdoran belgilanadi, so’ngra pul- ga chaqilib, qiymati aniqlanadi. Odatda, minimal I. s, ya’ni eng zarur iste’mol belgilanadi. I. s. milliy Xu-susiyatga ega bo’lib, muayyan mamlakatning iqtisodiy darajasi, iste’mol tarkibini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. I. era tur- li mikdordagi tovarlar va xizmatlar ki- ritiladi. I. s. mamlakatning iqtisodiy qudrati va aholi iste’mol xususiyat- lariga ko’ra, har bir davlatda har xil bo’lishi mumkin (mas, O’zbekistondagi I. s. qiymati 1998 y. dek. da jon boshi- ga 2480 so’m 12 tiyinni tashkil etdi). Shuningdek, I. s. hisobiy va Real iste’- mol darajasini qiyoslash bazasi bo’lib, iqtisodiy ahvolga baho berishga ham xizmat qiladi.