ISTIQLOL MAFKURASI

ISTIQLOL MAFKURASI — millat va davlatning mustaqil rivojlanishini ta‘minlashga qaratilgan g’oyaviy-nazariy qarashlar tizimi. Istiqlol mafkurasi istibdod mafkurasi va amaliyotiga qarshi, ozodlikka intilish zarurati tufayli paydo bo’ladi. Uning asosiy vazifasi ozod va erkin taraqqiyot yo’lidagi olijanob maqsadlar atrofida xalqni birlashtirish, ulkan bunyodkorlik ishlariga safarbar etish, unda g’oyaviy immunitet, mustaqillikka erishguncha xalqning orzu, maqsadini ifodalash, keyin esa mustaqillikni mustahkamlash omili hisoblanadi.