ITALIYA-TURKIYA URUSHI

ITALIYA-TURKIYA URUSHI, Tri politaniya urushi yoki Liviya urushi (1911 — 12) — Italiyaning Shimoliy Afrikadagi Turkiyaga tegishli Tripolitaniya bilan Kirenaikani bosib olish maqsadida olib borgan urushi. Bu urush Turkiya mag’lubiyati bilan tugallanib, Lozanna sulh shartnomasi (1912) ga ko’ra mazkur hududlar Italiya tasarrufiga o’tgan.