ITELMEN TILI

ITELMEN TILI — itelmenlarning tili. Osiyo tillari Chukotka-Kamchatka oilasiga mansub. Rossiya Federatsiyasi Kamchatka viloyati Koryag milliy okrugi Tigil tumani hududi (Kamchatkaning g’arbiy qirg’og’i)da tarqalgan. Itelmen tilida so’zlovchilar ozchilikni tashkil etadi. Uchta dialektidan hozirgi faqat g’arbiy dialektdagi 2 ta sheva saqlanib qolgan. Itelmen tili yozuvga ega emas. Itelmen tili fonetikasi konsonant (undosh)lik kuchliligi bilan ajralib turadi. Morfologiyasi agglyutinativ. Uning grammatik shakli va ba’zi bir o’zaklarga ko’ra chukot va Koryak tillariga qarindosh. Mazkur tillar tovush munosabati kam o’rganilgan.