ITOLG’I

ITOLG’I (Falso cherrug) — lochinlar oilasiga mansub qush. Qanotining uzunligi 35-43 santimetr, modasining og’irligi 820— 980 gramm, nari — 970-1130 gramm. Janubiy sharqiy Yevropa va shimoliy — G’arbiy Afrikadan to Baykalortigacha bo’lgan hududlarda tarqalgan. Dasht, cho’l va o’rmon-dasht mintaqalarida yashaydi. O’zbekistonning tog’li va pasttekisliklarida uchraydi. Daraxt va qoyatoshlarda uya quradi. Qushlar, kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Ov kushi sifatida qadrlanadi. O’zbekiston va boshqa bir qancha mamlakatlarning Qizil kitobiga kiritilgan.