ITTIKANAK

ITTIKANAK (Bidens) — qoqidoshlar oilasiga mansub bir yillik o’tlar turkumi. Bo’yi 15-60 santimetr, barglari qanotsimon, qisqa bandli. Qarama-qarshi joylashgan. Gullari sariq, savatchaga to’plangan. Mevasi pistacha. O’zbekistonda 1 turi o’tloqlarda, ariq bo’ylarida, ekinlar orasida usadi. Tarkibida karotin, S vitamin, efir moyi, oshlovchi bo’yoq, shilimshiq va boshqa moddalar bor. Xalq tabobatida bolalarning diatez kasalligini davolashda ishlatiladi. Tibbiyotda ovqatni hazm qildiruvchi, siydik haydovchi va ter chiqaruvchi dori sifatida, ba’zi teri kasalliklari (ekzema)ni davolashda qo’llaniladi.