IVANOVO
IVANOVO (1932 yilgacha Ivanovo- Voznesensk) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1871 yildan), Ivanovo viloyati markazi. Uvod daryosi (Klyazma irmog’i) sohilida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 472 ming kishi (1994). Shahar 19-asrning oxiridan O’rta Osiyoning arzon paxta xom ashyosi asosida to’qimachilik sanoatining yirik Markaziga aylandi. Mashinasozlik, yengil, kimyo, yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. 7 oliy o’quv yurti (shu jumladan universitet), 3 teatr, o’lkashunoslik, chit va badiiy muzeylari, filarmoniya bor.