IVOLGA

IVOLGA — hunlarga mansub shahar xarobasi (miloddan avvalgi 3-1-asrlar). Ulanudedan 16 kilometr Janubi-g’arbda joylashgan. Dastlab G. P.Sosnovskiy (1928), so’ngra V.P.Shilov va A.V.Davidova (1949-50), Buryatiya kompleks instituti ekspeditsiyasi (rahbari A.V.Davidova, 1955-62) tadqiq etgan. Umumiy maydoni 7,5 gektar, atrofi qalin tuproq tepalar (4 ta tepa) va 3 ta xanlaq bilan o’rab olingan. Shahar xarobasining butun hududi zich turar joy va xo’jalik binolari bilan band. 52 ta yarim yerto’la tipidagi turar joy ochilgan, ularning devori xom gishtdan terilgap va ichki tomondan tik qnlib yog’och xodalar bilan mustahkamlangan. Tomi 2 tomonga nishab qilib, sinch va shox-shabbalardan qurilgan, usti do’mboz bilan yopilgan. Uylarning ichki tuzilishi bir xilda. Binolarning o’rtacha xonasi 4×6 metr. Katta xona (12x 14 metr) hokimga tegishli bo’lsa ksrak. Uylar oralig’ida xo’jalik bipolari joylashgan. Uylar va uning atrofidan don, tariq, arpa, bug’doy to’ldirilgan o’ralar toiilgan. Dehqoichilik qurollaridan omoch tishlari, belkurak uchlari, o’roklar, suyakdan ishlangan so’qalar va tosh o’girlar, ko’plab hayvon suyaklari chiqqan. Bu topilmalar Ivolga aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan maqbul bo’lganidan dalolat beradi. Ivolga Daryo qirg’og’ida joylashgapi uchun aholi baliqchilik bilan ham shug’ullangan. Ivolga hunarmandchilik markazi bo’lgan; temir eri-tish, temir va jez buyumlar yasash, ishlab chiqarish kulolchilik, charm-teri, to’qimachilik taraqqiy etgan. Ivolga miloddan avvalgi 2-1-asrgacha mavjud bo’lgan, so’ngra Hunlar davlati tanazzulga uchragan davrda qo’shni qabilalar hujumi natijasida vayron bo’lgan. Ivolga hunlarga mansub har taraflama to’liq o’rganilgan yagona yodgorlik hisoblanadi. Ad.: Drevpyai Sibir (Puteioditsl po Shetavke), L., 1976.