IXNEUMONIDLAR

IXNEUMONIDLAR (Ichneumonidae) — pardaqanotlilar tur- kumiga mansub parazit hasharotlar oila- si. Tanasining uz. 10-25 mm; ko’pincha, ipsimon mo’ylovi uzun. Qanotlari 2 juft, ba’zan ular qisqargan bo’ladi, qanotsizlari ham uchraydi (ayniqsa, urg’ochilarida). I. lichinkasi hasharot va o’rgimchaklarning tuxumida, lichinka- si va g’umbaklarida parazitlik qiladi. Voyaga etgan I. gul changi va nektari, bitlar hamda koktsidlar chiqargan suyuq shirasimon modda b-n oziklanadi. Ba’zi turlarining urg’ochilari tuxum qo’yish uchun nayza sanchganda ajralgan xo’jayin Ge-molimfasini ichadi, ba’zi xrllarda faqat ovqatlanish uchun nayza sanchadi. O’rta Osiyo mintaqalarida I. qamma joy- da keng tarqalgan. Paxta zararkunandala- ri sonini tartibga solishda kuzgi tunlam qurtida parazitlik qiluvchi o’roqsimon banxus (Banchus falcatorius F.) va shiddat- li ambliteles (Amblyteles vadatorius He) kabi turlarining ahamiyati katta. Bular- dan tashqari, meniskus (Meniscus agnatus Grav.) va diadegma (Diadegma crassicornis Grav.) kulrang don tunlamining kichik yoshdagi kurtlarida, shu zararkunanda- ning tuproqdagi katta yoshli qurtlarida esa paniskus (Paniscus gracilipes Thom.) va ambliteles (Amblyteles castigator), nitobiya (Nytobia fenestralis Holmgr.) esa karam kuyasi qurtlarida, qurollangan ambli-Teles (A.armatorius Forst.) ka- RAM tunlami, kuzgi tunlam va b. tunlam qurtlarida parazitlik qiladi.