IYGU TEMUR BILGUT
IYGU TEMUR BILGUT (?-1391) — Amir Temur atrofidagi amirlarning keyingi avlodlaridan; u 1381 yil lashkar safiga qo’shiladi va tez orada o’zini ko’rsatadi. Iygu Temur Bulgut «uch yillik» va «besh yillik» yurishlarda katta harbiy jasorat ko’rsatdi va 1391 yil To’xtamishxon bilan bo’lgan Qunduzcha jangida halok bo’ladi.