IZOMETRIK TUZILISH

IZOMETRIK TUZILISH — magmatik va cho’kindi jinslarga, ba’zan, rudalarga xos tuzilish. Izometrik tuzilishni tashkil etuvchi mineral donachalari yumaloq bo’lib, uzunligi va eni bir-biriga yaqin. Izometrik tuzilish magmatik va cho’kindi jinslarda keng tarqalgan. Tog’ jinslarning paydo bo’lish jarayonini aniqlashda Izometrik tuzilishning ahamiyati katta.