Izostaziya

Izostaziya (izo… va Yunoncha stasios — teng og’irlik), izostatik muvozanat — Yer po’stidan tog’ jinslarining muvozanat holati. Yer qa’rining muayyan chuqurligida (kompensatsiya chuqurligi 100-150 kilometr) yuqoridagi gorizontlardan bo’ladigan bosim barobarlashadi. Bunga ko’ra, yer po’sti, uning nisbatan yirik (100-200 kilometr) bo’laklari yer po’stining ostidagi qattiq va og’irroq plastik qatlamda go’yo suzib yurgandek bo’lib, muvozanat holatiga erishadi: yer pusti ayrim bloklarining zichligi va qalinligining oshishi yer po’stining cho’kishiga olib keladi va, aksincha, bloklar zichligi va qalinligining kamayishi yer po’stining yuqoriga ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Gravimetriyaning hozirgi ma’lumotlari, shu jumladan, chuqur seysmik zondlash er pusti yirik bloklarining ko’pchiligi materik va okeanlarda Izostaziya sharoitlariga mos joylashganligidan dalolat beradi. Tektonik faol joylar bundan istisno.