IZOTERMIK JARAYON

IZOTERMIK JARAYON (izo… va Yunoncha therme — issiqlik) — o’zgarmas temperaturada fizik sistemada ro’y beradigan fizik yoki kimyoviy jarayon. Masalan, o’zgarmas bosimda suyuqlikning qaynashi, qattiq jismning erishi va boshqalar. Qaytar va qaytmas Izotermik jarayonlar bor. Izotermik jarayonda ideal gaz bosimi bilan hajmi o’zaro teskari proportsional holda o’zgaradi. Izotermik jarayon issiqlik mashinalarida ham ro’y beradi. Uning grafigi izoterma deyiladi. Izotermik jarayon tarkibiy qism sifatida Karno tsiklit’ kiradi.