Izza

Izza — yer osti va grunt suvlari yer yuzasiga chiqqan, suv o`tkazmaydigan qatlam yuza joylashgan, atrofdagi yerlarga nisbatan botiq joylardagi o`ta nam yerlar. Ko`pincha botqoqlikka, bilqillama yerga aylangan bo`ladi. Ko`proq adir, tog`, tepalar etaklaridagi yer osti suvlari yuzaga chiqqan joylarda uchraydi.