JAG’OSTI BEZI

JAG’OSTI BEZI — so’lak bezlari sistemasiga kiradigan juft bez, pastki jag’da. Bez yo’li til yuganchasi yaqinidagi og’iz bo’shlig’iga ochiladi. Sekreti (so’lak) da ptialin fermenti bor, u uglevodlarni parchalashda qatnashadi. So’lak ovqatni ho’llab, yutishni osonlashtiradi.