JAHON VALYUTA TIZIMI

JAHON VALYUTA TIZIMI — xalqaro pul-kredit munosabati bo’lib, jahon bozorining rivojlanishi natijasida tarkib topgan va davlatlar o’rtasida tuzilgan bitimlar bilan mustahkamlangan. Jahon valyuta tizimining asosiy unsurlari quyidagilardan iborat: zaxiradagi milliy va jahon valyuta birliklari, valyutalarning oltin nisbati hamda kurslari mexanizmi, o’zaro qaytarilish sharti, cheklanish hajmi, xalqaro hisob-kitoblar shakli, xalqaro valyuta va oltin bozorlari tarkibi, valyuta munosabatlarini boshqaradigan davlatlararo valyuta-kredit tashkilotlarining maqomi va boshqalar. 3 ta jahon valyuta tizimi mavjud: a) XIX asr oxirida oltin va kumush andozasi asosida yuzaga kelgan tizim; b) oltin andozasi asosida yuzaga kelgan tizim. Bu tizim 1944-yili AQSH va Brutton-Vuds konferensiyalarida yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan; v) 1971-yilda AQSH o’z dollarini oltinning rasmiy bahosi bo’yicha almashtirib olishdan bosh tortdi va uzoq yillar davom etgan oltinning jahon bozoridagi bahosiga ko‘ra belgilanadigan valyuta fondi tizimi puturdan ketdi. 1976-yilda “Xalqaro valyuta fondi a’zolari” bo’lgan davlatlaming kelishuvlariga muvofiq “Tebranib turuvchi boshqariladigan valyuta kursi tizimi” belgilandi. Unga ko’ra, XVF ga a’zo bo’lgan davlatlar o’z valyuta kurslarini mustaqil tanlab olish huquqiga ega.