Jahongir Mirzo
Jahongir Mirzo (1396- 1433.24.6) — Movarounnahr xoni (1405- 09), Hisor hokimi (1409-33). Temuriylardan. Muhammad Sulton Mirzoning katta o’g’li. 1405 yil Amir Temur vafotidan so’ng, Xalil Sulton Samarqand taxtiga o’tirgach, 9 yoshli Jahongir Mirzoni xon ko’tarib, o’zi otabeklik mansabida hukmronlik qilgan. 1409 yil Shohrux Mirzo Movarounnahrni egallab Samarqand taxtiga Ulug’bekni o’tqazgan. Jahongir Mirzoga Hisor hokimligini berib, unga yosh bo’lganligi uchun Hamza Sulduzni Otabek qilib tayinlagan. Movarounnahrdagi hokimiyatni qayta egallash uchun Ulug’bekka qarshi kurashgan. Biroq qizil Rabot mavzeida Shohrux qo’shini bilan bo’lgan jangda (12 iyul 1410 yil) engilgan.