Jahonshoh, Mirzo Jahonshoh
Jahonshoh, Mirzo Jahonshoh (15- asr) — qora qo’yunlilar sulolasiga mansub hukmdor, qora qo’yunlilar davlati asoschisi — qora Yusufning o’g’li. Jahonshoh 1437 yil temuriylardan Shohrux tomonidan Ozarbayjonga hokim etib tayinlanib, Gruziya hududining talaygina qismini zabt etgan. Shoxrux vafot etgach esa Temuriylar davlatiga qarshi yurish qilib Eronning anchagina qismini va Xurosonni qo’lga kiritgandan so’ng, oq qo’yunlilar davlatiga hujum qilgan, ammo, uzun Hasan tomonidan tor-mor etilib, qochgan va 1467 yil qo’lga olinib, qatl etilgan.