Jakson Sidney Lvovich

Jakson Sidney Lvovich (1886.14.4, Nyu-York — 1966.5.1, Toshkent) — bokschi, xizmat ko’rsatgan sport ustozi (1938). 1-jahon urushidan oldin AQShning kuchli bokschilaridan biri sanalgan. Nyu-York terma jamoasining a’zosi sifatida Rossiyaga keldi, urush tufayli vataniga qaytib borolmadi. 1922 yildan umrining oxirigacha Toshkentda yashadi. Bu yerda birinchi boks to’garagi tashkil etdi va O’zbekistonda sportning bu turi rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Respublika terma jamoasining doimiy murabbiysi sifatida boks bo’yicha yuzlab sport ustalari tayyorladi. 1938-42 yillarda Toshkent pedagogika institutida o’qidi, so’ngra shu yerda ingliz tilidan dare berdi. O’zbekistonda Jakson xotirasiga bag’ishlab an’anaviy xalqaro boks musobaqalari o’tkaziladi.