Jalilov Quli
Jalilov Quli (1890 — Samarqand — 1960) — ganch o’ymakori, Binokor. Otasi usta Abdujalil b-n birga ishlagan. Buxoroda yashab amakisi usta Abdumalikdan hunar o’rgangan, Amir madrasasi qurilishida qatnashgan (1900— 15). Samarqand va uning atrofida bir qator jamoat binolari (Samarqandda O’zDU korpuslari, maktab, kasalxona, hammomlar) qurgan. Samarqanddagi me’moriy obidalar (Ulug’bek madrasasi, Sherdor madrasa, Amir Temur maqbarasi va boshqalar)ni ta’mirlashda qatnashgan. Turkistondagi Xo’ja Ahmad Yassaviy majmuasi (1939— 40)ni ta’mirlash va konservasiya qilish ishlarini bajargan. Navoiy teatrining Samarqand xonasi (1946-47), Muqimiy teatrining tomosha zali (1948)ni bezagan. Ganch o’ymakorligi bilan bezatilgan namoyonlar yaratgan (1940, O’zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanadi).