Jalolobod

Jalolobod — Qirg’iziston Respublikasidagi shahar, Jalolobod viloyatining ma’muriy markazi. Farg’ona tizmasidagi Ko’gart vodiysida, o’rtacha 764 metr balandlikda, Bishkek—O’sh avtomobil yo’lida joylashgan. Bishkek shahridan 550 kilometr Janubda. Aholisi 78 ming kishi «Jalolobod» kurorti korpuslaridan biri. (2000). 1877 va 1927 yillarda shahar maqomini olgan. Respublikaning sanoat va madaniyat markazlaridan. Metallsozlik, yengil, oziq-ovqat, mashinasozlik, elektronika sanoatlari, qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarish rivojlangan. Yirik korxonalari: «Nur», «oq paxta», «Momo- jemish», «Temirtosh», «Mingbuloq», «Ayubbuloq», «Jalolobodtattuusu», «Qurilish materiallari» ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar. Ularda tikuvchilik buyumlari, ip-gazlama, poyabzal, mebel ishlab chiqariladi. Metallsozlik korxonalarida nasoslar, elektr isitish priborlari, qishloq xo’jalik qurollari, elektronika sanoati mahsulotlari, «Nur» korxonasida avtomobillar chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari (un tortish, sut-go’sht, sabzavot va meva konservalash, mineral suv qadoqlash), neftni qayta ishlash zavodi (quvvati yiliga 500 ming tonna) mavjud. Temir yo’l orqali Bishkek, O’sh, Qorasuv, Ko’kyong’oq shaharlari; O’zbekiston va Tojikistonning sanoat markazlari bilan bog’langan. Aeroport bor. Jalolobodda oliy o’quv yurtlari, musiqa va badiiy maktablar, muzey, teatr, filarmoniya, kutubxonalar mavjud. Shaharda qirg’iz, o’zbek va rus tillarida 10 ta gazeta nashr qilinadi. Shaxar yaqinida balneologik kurort joylashgan.